Anchelloti: “Men mas'uliyatni o'z zimmamga olishim kerak, xavotir olmang - mening elkalarim keng”

Nozimov Nig'monxo'ja
25 sen 2023
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko M”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz o'yini juda yomon boshladik. Keyin ular gol urishdi va o'zlari istagan o'yini ko'rsatishdi. Bugun ular bizdan yaxshiroq edi.

Xoselu bugun o'ynamadi va biz buning evaziga markaziyda ancha yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim edi. Biroq bugun himoya juda bo'sh o'ynadi, bu ayniqsa birinchi taymda ko'rinib qoldi. Barcha gollar deyarli bir xil kirdi.

Modrichning xatosi? Biz hech kimni alohida ko'rsatmaymiz. Modrichning xatosi deb atash esa adolatsizlik. U yaxshi o'yin ko'rsatdi

Noto'g'ri taktika? Balki, biz ko'prog'iga qodirmiz. Agar jamoa mag'lub bo'lsa, bu mening aybim. Men mas'uliyatni o'z zimmamga olishim kerak, xavotir olmang - mening elkalarim keng. Bu mag'lubiyat bizga foydali ham bo'lishi mumkin”,-dedi Karlo Anchelotti.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com