Anasxon Rahmatov: "Terma jamoamizga Jahon chempionati davomida imkon qadar yordam berishga harakat qilaman"

Абдулвосит Бектемиров
9 sen 2024, 01:02
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Anasxon Rahmatov Braziliyaga (2:5) qarshi kechgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Terma jamoaga chaqirilganimdan juda xursandman. Terma jamoaga Jahon chempionati davomida imkon qadar yordam berishga harakat qilaman. Meni terma jamoaga chaqirishgan murabbiylarga rahmat aytaman. Bugungi jamoaning qanday kuchga ega ekanligidan xabaringiz bor. Raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Borimizni berdik. Abror va Fazliddin kabi yosh va iqtidorli futzalchilarimiz bor. Yigitlarimiz mundial davomida jarohat olgan akalarining o'rnini bilintirishmaydi degan umiddaman. Bosh murabbiylarimiz birinchi turdagi raqib Niderlandiyani o'rganishni boshlashgan. Niderlandiya ham o'zidan-o'zi mundialga chiqib qolmagan. Musobaqani g'alaba bilan boshlashga harakat qilamiz" - dedi terma jamoaga qaytgan futzalchimiz Anasxon Rahmatov



O'zbekiston ikkinchi o'rtoqlik o'yinda ham Braziliyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia