Amrabat "Barselona"ga o'tishi mumkinmidi? "Fiorentina" rasmiysi javob berdi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2023
"Fiorentina" ijrochi direktori Jo Barone yarim himoyachi Sofyan Amrabatning atrofida bo'lgan mish-mishlar haqida gapirdi

Oldinroq futbolchiga "Barselona" asosiy davogar sifatida qaralgan, biroq keyinchalik ular transferdan voz kechishgandi.

"Amrabat borasida birorta rasmiy taklif olmadik. Hozirda u "Fiorentina" futbolchisi. Agarda takliflar bo'lib qolsa, ko'rib chiqamiz", - dedi Barone.

Ayni damda "Manchester Yunayted" futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano