Amrabat "Barselona"ga o'tish uchun tekinga o'ynashga tayyor bo'lgan

Sherzod Nurmatov
9 fev 2023
Sofyan Amrabat "Barselona"da o'ynashi kafolatlansa, tekinga o'ynashga tayyor ekanini bildirgan.

26 yoshli Amrabat Qatardagi Jahon chempionatida porlagan o'yinchilardan biri bo'ldi. "Fiorentina" yarim himoyachisi o'tgan oyda "Barsa"ning asosiy transfer nishonlaridan biri bo'lgan edi. Biroq La Liganing moliyaviy cheklovlari sababli Kataloniya klubi italyan jamoasini Amrabatni qo'yib yuborishga ko'ndira oladigan taklif jo'nata olmadi.

Agar ular kelishuvga erishganlarida Amrabat mavsum oxiriga qadar maoshidan voz kechishga rozi bo'lardi. "Kamp Nou"da o'ynash unga o'zini kattaroq jamoada o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi tayin edi.

Ispan klubi La Liga tomonidan qattiq moliyaviy nazorat ostida va "Barsa"da hozir futbolchilarning maoshlari bo'yicha juda kam joy qolgan. 

"Barselona" Amrabatni yozgacha ijaraga olib, keyin uni butunlay o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylayotgandi. Biroq ijara uchun 4 mln evro va keyinroq transfer uchun 36 mln evro "Fiorentina"ni vasvasaga sola olmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo