Amrabat "Atletiko"ga o'tishni xohlaydi, ammo ispan klubida transfer uchun pul yo'q

Alisher Ostonov
29 yanv 2023
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishni xohlaydi.

26 yoshli marokashlik futbolchi Madrid klubiga o'tmoqchi, ammo ispan jamoasida ushbu transferni amalga oshirish uchun pul yo'q. Shu sabab xavbek kamida yozgacha "Fiorentina"da qoladi.

Amrabatning italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt Marokash terma jamoasi o'yinchisini 25 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato