“Amkar” “SKA-Xabarovsk”ni mag'lub etib, so'nggi o'rinni tark etdi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017
Permning “Amkar” klubi Rossiya Premer-ligasining 11-turi doirasida “SKA-Xabarovsk” jamoasini qabul qildi.

Permdagi “Zvezda” stadionida o'tgan uchrashuvda maydon egalari yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. “SKA-Xabarovsk” ketma-ket 5 ta o'yinda durang natija qayd etgandi. Bugun ushbu seriyaga mag'lubiyat barham berdi.

“Amkar”ning gollariga 38-daqiqada Yanush Gol, 84-daqiqada Darko Bodul, asosiy vaqtga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada Pavel Komolov mualliflik qildi.


Bugungi g'alabadan so'ng “Amkar” so'nggi o'rinni tark etdi. Permliklar 11 ochko bilan 11-o'ringa ko'tarilib olishdi. “SKA-Xabarovsk” esa 8 ochko bilan 15-pog'onadan joy olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: