

Madridliklar "qizillar"ga katta taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Ispan grandi futbolchi uchun 115 mln evrodan ko'proq to'lamoqchi. "Real"ning bunday yo'l tutishida Xabi Alonso muhim rol o'ynadi. Murabbiyning fikricha, Gravenberx jamoaga juda mos keladi.
Bu mavsumda xavbek "Liverpul” safida APLda 16ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi "gol+pas" tizimi bo'yicha 4+2 hisobiga yozib qo'ygan. Rayan Gravenberx 90 mln evroga baholanmoqda (Transfermarkt bo'yicha).



