Alonso: "Real" Mbappega bog'lanib qolganmi? Men bunday demagan bo'lardim"

Sherzod Nurmatov
20 okt 2025, 16:03
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega butunlay bog'liqligiga ishonmaydi.

La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Xetafe"ga qarshi o'yinda (1:0) Mbappe "Real"ning yagona goliga mualliflik qildi.

"Real" Mbappega bog'lanib qolganmi? Bunday demagan bo'lardim. Biroq biz uning ishidan juda xursandmiz. U o'z oldiga maqsad qo'yadi va o'yinda shuni ko'rsatadi. Garchi boshqalar ham unga yordam berayotgan bo'lsa-da. Gollar ochko olib keladi, ammo bu hammasi emas", – dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Mbappe 2025/26 yilgi mavsum madridliklar libosida Ispaniya chempionatida 10 ta gol urdi va to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal