Alli - Mourinyo davrida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida: "Ayb o'zimda edi"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2021
"Tottenxem" futbolchisi Dele Alli jamoani Joze Mourinyo boshqarib yurgan vaqtida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani haqida gapirdi.

"Faqatgina o'zimni ayblayman. Shunday darajada bo'lishim kerakki, meni tarkibga qo'ymaslik juda qiyin bo'lsin. Hech kimni ayblamayman, faqatgina o'zim aybdorman.

Mourinyo bilan ishlash men uchun ajoyib tajriba bo'ldi. Undan ko'p narsalarni o'rgandim", - dedi xavbek.

O'tgan mavsumda futbolchi APLning 15 o'yinida qatnashib, 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal