Allegri: "A Seriya boshqa ligalardan pastroq o'rinda bo'lishi mumkin, ammo o'tgan mavsum 3ta jamoamiz evrokuboklar finalida o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2024
"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri A Seriya klublarining evrokuboklardagi ishtiroki haqida to'xtaldi.

"Real" - "Siti" o'yinida yuqori texnika va to'p bilan ishlash madaniyati guvohi bo'ldik. Bu o'yinni ko'rib, rohatlandim. Ammo PSJ - "Barselona", "Liverpul" - "Atalanta" va "Milan" - "Roma" bahslari ham yoqdi.

Biz optimist bo'lishimiz kerak. A Seriya boshqa ligalardan pastroq o'rinda bo'lishi mumkin, ammo o'tgan mavsum "Roma", "Inter" va "Fiorentina" evrokuboklar finalida o'ynadi. Bu mavsum bir yarimta jamoamiz Yevropa ligasi yarim finalida deyish mumkin, plyus "Fiorentina" Konferenciya ligasida. Bu zo'r" - dedi "Yuventus" ustozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia