"Real" yozda Allegrini olib kelmoqchi: Peres uchinchi urinishda tajribali mutaxassisni ko'zlamoqda

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026, 16:30
Madridning "Real" klubi ayni damda "Milan" jamoasini boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegrini bosh murabbiy etib tayinlashga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Uchinchi urinish va Peresning maqsadi:

Italiyaning nufuzli "Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, shu yilning yozida "Madrid" tajribali murabbiyni qo'lga kiritish uchun uchinchi bor urinib ko'rishi mumkin. Ispaniya grandi Allegrining faoliyatini doimo yuqori baholab kelgan va 2019 hamda 2021 yillarda uni o'z safiga qo'shib olishga juda yaqin kelgan edi.

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ayni paytda e'tiborni aynan sinovdan o'tgan, tajribali va sovrindor mutaxassisga qaratmoqchi.

Allegrining poziciyasi qanday?

Biroq Massimilianoni ko'chirib o'tkazish oson bo'lmaydi. Uning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Manbaning takidlashicha, toskanalik murabbiy "Milan"dagi faoliyatidan to'liq zavq olmoqda va jamoaga qaytganidan juda mamnun. Allegriga shahar va muhit yoqadi, u o'zini klubda juda qulay his qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti ketganidan so'ng hozirda "Real"ni vaqtinchalik Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport