Ibragimovich "Ayaks"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026
"Milan" yoshlari jamoasi hujumchisi Maksimilian Ibragimovich "Ayaks"ga transfer bo'lishga yaqin.

Futbolchi niderland klubi tomonidan sotib olish huquqi bilan ijaraga olinadi.

Zlatan Ibragimovichning o'g'li Maksimilianning transfer summasi 300 ming evroni tashkil qiladi. U ushbu mavsumda "Milan" yoshlari safida 16 o'yinda 5 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal