Alisson: "O'tgan safar "Napoli" bilan o'yinda menga ancha ish topilgandi"

Tolibjon Qosimov
2 okt 2018, 17:28
"Liverpul" darvozaboni Alisson ertaga bo'lib o'tadigan YCHL 2-turi doirasidagi "Napoli"ga qarshi bahsdan oldin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi jamoaga qarshi o'ynash hamisha og'ir. Neapolda bizga qarshi g'alaba uchun katta ishtiyoq bilan tushadigan jamoagina emas, uning muxlislari ham qarshilik ko'rsatishadi. U yerda faqat bir marotaba o'ynaganman va biz g'alaba qozonganmiz. Lekin, o'sha o'yin menda butun mavsumdagi eng ko'p ish bo'lgan edi. Bu murakkab o'yin va oldindagi bellashuv oson o'tadi deb o'ylamayman. Birinchi turda PSJ ustidan qozonilgan g'alaba bizga ishonch bag'ishladi", - dedi Alisson.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com