Alisson g'alabani feystaym orqali nishonladi

YCHL finalidagi ajoyib g'alabadan keyin “Liverpul” posboni Alisson Bekker kubokni boshi uzra baland ko'tarib, o'ziga tegishli oltin medalni qo'lga kiritgach, “Vanda Metropolitano” chimiga o'ziga qulay tarzda moslashib, turmush o'rtog'iga telefon qilishga tushdi.

Futbolchining oilasi hal qiluvchi final uchrashuviga tashrif buyurmadi. Sababi yaqin kunlarda ularning oilasida yangi farzand dunyoga kelishi kutilmoqda. Ushbu juftlikning to'ng'ich farzandi Xelena esa ikki yoshni qarshi olgan.

Alisson rafiqasi bilan yoshligidayoq tanishgan. Juftlik boshqalardan farqli ravishda o'zlarini ko'z-ko'z qilishini yoqtirishmaydi, shu bois ularning “sevgi qissasi” haqida kam ma'lumotlar mavjud: ular Portu Allegrida qo'shni bo'lishgan. Dastlab do'stlashishgan va bu keyinchalik mustahkam sevgiga aylangan. Maktabdan keyin Natalya tibbiyot universitetiga o'qishga kirgan, Alisson esa Chempionlar kubogini yutish uchun astoydil harakatni boshlagan. 2015 yilda ular nikohdan o'tishgan, ammo bu haqda faqat ularga yaqin kishilar xabardor bo'lishgan, xolos. Ushbu nikohga oradan bir yil o'tibgina, juftlik ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga ma'lum qilishgan.



Manba: sports.ru