Alisher Nikimbaev: "Turkmaniston klublari OFK kubogida ishtirok etishmaydi"

Narzulla Saydullayev
8 may 2021, 15:50
Keyingi hafta Markaziy zonada OFK kubogi guruh bosqichi start oladi.

Ammo hozirgacha Turkmaniston klublarining musobaqada ishtirok etmasligi rasman e'lon qilinmadi. "Ahal" ham, "Oltin Asr" ham 2021 yilgi OFK kubogida ishtirok etmaydi. Turkmaniston Ummon va Myanma mamlakatlaridan keyin qita musobaqasida ishtirok etmaydigan uchinchi davlat bo'ladi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Shunday qilib "Nasaf" Dushanbeda ikkita o'yin o'tkazadi:

14 may "Nasaf" - "Oloy"
17 may "Xo'jand" - "Nasaf"
20 may "Oloy" - "Xo'jand"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia