Alessandro del Pero Hindiston chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 09:13
Italiyalik Alessandro del Pero Hindistonning Puna klubi safiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Ayni paytda del Pero erkin agent sanaladi. Uning so'nggi klubi Sidney (Avstraliya) edi.

Oldinroq Arsenal sobiq yarim himoyachisi Freddi Yungberg Hindiston klubida faoliyatini qayta tiklanishi haqida xabar berilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net