

"Men bu transferni umuman kutmagandim. Bu avvaliga hazilga o'xshadi. Bu yangilik xuddi osmonda momaqaldiroq bo'lgandek paydo bo'ldi. Juda va juda g'alati transfer. Men bu haqida hech qachon o'ylab ham ko'rmagan ekanman", - deydi del Pero.
Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi "Yuventus"dan Leonardo Bonuchchi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Tez orada Bonuchchi "Milan"ga ko'chib o'tishi kutilmoqda.



