Aleksis Sanches Benzemaning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 dek 2023
"Inter"ning 35 yoshli chililik forvardi Aleksis Sanches Saudiyaning "Al Ittihod" jamoasi o'yinchisiga aylanishi mumkin.

O'yinchiga klub bosh murabbiyi Marselo Galyardoning o'zi shaxsan qiziqmoqda va Sanches bilan o'yinchining qishdagi ehtimoliy o'tishini muhokama qildi.

Eslatib o'tamiz, chililik futbolchi "neradzurrilar" safida joriy mavsum ikkita gol urdi. Aleksisning "Inter" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Al Ittihod" Saudiya Arabistoni chempionatida 17 turdan so'ng jadvalda 28 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Almodrj