Aleksandr Mochinov yangi jamoasi va Kuvaytda bolalar futboliga e'tibor xususida nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
28 sen 2021
Xabaringiz bor, avvalroq saytimiz orqali Aleksandr Mochinovni Kuvaytda ish boshlagani borasida xabar bergandik.

Mutaxassis bilan suhbatlashish vaqtida uni yangi jamoasi borasidagi o'z fikrlariga quloq tutdik.

- Ko'pchilikka ma'lum, 2019 yilda Kuvaytning “Kadisiya” jamoasi akademiyasida ishladim. Mazkur jamoa bilan shartnomam yakunlanishi arafasida menga “Al-Nasr”dan taklif kelib tushdi. O'sha klub prezidenti va direktorlari bilan ko'rishdim va sharoitlari bilan tanishib chiqqandim. Deyarli kelishuvga erishgandik. Shu orada mamlakatda pandemiya boshlangani tufayli barcha ommaviy tadbir va musobaqalar to'xatildi. Men esa oilam bilan birgalikda to'rt oy karantinda qolib ketdik. Shundan so'ng oilam bilan Rossiyaga qaytdim. 2021 yilning avgustiga kelib Kuvaytda barcha musobaqalarni o'tkazishga ruhsat berildi. Shu orada “Al-Nasr” menga bilan aloqaga chiqib, shartnoma taklif qildi. Yaqinda Kuvaytga yetib keldim. Klub bilan bir yillik shartnoma imzoladim.

Hozirda yangi jamoamda U-15 va U-17 jamoalarida ishlash va tarkibdagi iqtidorli bolalarni U-20 va asosiy tarkibga jalb qilish hisoblanadi. Hozirda chempionat tasdiqlangani yo'q. Shunga qaramay, federatsiya norasmiy turnir tashkil qilib berdi. Ikki guruhga bo'lingan holda o'rtoqlik uchrashuvlari shaklida turnir o'tkaziladi. Shu tariqa, chempionatga tayyorgarlik ko'ramiz.

Kuvaytda bolalar futboliga e'tibor juda katta. Har bir jamoada iqtidorli bolalar bor. Hozirgi klubimda kelajagi bor bolalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Avvalgi jamoamda ham bor, lekin ular sanoqli edi.

Maoshlar borasida shuni ayta olamanki, Kuvaytning bolalar futbolida xorijdan kelgan murabbiylar faoliyat ko'rsatadi. Shunisi aniqki, ular yaxshigina maosh evaziga kelib, ish yuritmoqda", - dedi Aleksandr Mochinov. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia