Aleksandr Ejov: Xorazm uchun Dinamo bilan durang g'alabaga teng

Narzulla Saydullayev
29 apr 2018
Dinamo - Xorazm (1:1) uchrashuvidan keyin urganchliklar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'yin borasida to'xtaldi.

Bugun Samarqanddan ochko bilan qaytishni maqsad qilgandik va buni amalga oshira olganimizdan juda xursandmiz. Xorazm uchun Dinamo bilan durang g'alabaga teng. O'yinni kuzatish uchun Samarqandga rahbarlarimiz ham kelishgandi, natija bilan barchamizni tabriklashdi. Safardagi ikki o'yinda ham himoyada yaxshi o'ynab, ochko oldik. Bugun ayniqsa Dinamoning tinimsiz hujumlarini sovuqqonlik bilan qaytara olganimizdan mamnunman. Oldimizda aniq vazifa bo'lmasada, imkonqadar xorazmlik muxlislarni xursand qilishda davom etamiz - deydi Xorazm bosh murabbiyi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Динамо” матбуот хизмати