Aleksandr Cheferin: "Kelishilgan o'yinlar - futboldagi saraton o'smasi kabidir. UEFA bunga qarshi kurashyapti, ammo biz policiya emasmiz"

Alisher
1 iyun 2019
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Ispaniya fonida kelishilgan o'yinlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kelishilgan o'yinlar - futboldagi saraton o'smasidir.

Bunday holatlar asosan oddiy ligalarda sodir bo'lmoqda, chunki jinoyatchilar ko'p pul olmaydigan futbolchilar bilan ishlashadi. Chempionlar Ligasida esa buning iloji yo'q. Ammo bu yuqori darajada sodir bo'layotganligi menga yoqmayapti. Bu qo'rqinchli, chunki futbolning tozaligi haqidagi ishonchga putur etmoqda.

Biz bunga qarshi kurash olib boryapmiz, lekin biz policiya emasmiz. Biz tez-tez bu masala yuzasidan Evroittifoq va Yevropa tashkilotlariga murojaat qilyapmiz, hukumatlarni faol bo'lishga chaqiryapmiz, ammo ularning yordamisiz hech narsa qila olmaymiz.

Bizda dalillar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelyapti. Agar darvozabon qo'pol xatoga yo'l qo'ysa, buni aksini isbotlash juda qiyin bo'ladi. Agar biz noodatiy narsa aniqlasak, policiyani boxabar qilamiz", - deydi Cheferin.


AlisherMuallif
Manba: Lavanguardia