Aleksandar Alempievich: “Zarba berayotganimda gol urishimni sezgandim”

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016
“Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar”ning serbiyalik yarim himoyachisi, navoiyliklar darvozasiga chiroyli gol urgan Aleksandar Alempievichning uchrashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Uchrashuvning birinchi bo'limida juda qiyin bo'ldi. Tanaffusdan keyin raqibni har jabhada engdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Golimga keladigan bo'lsa, Hamdamov menga to'p uzatayotgan pallada darvozabon qayerda turganini ko'rib olgandim va o'sha zahotiyoq zarba berishni o'ylab qo'ydim. Yo'llagan zarbam juda aniq chiqdi va chiroyli gol muallifiga aylandim. Umuman, zarba berayotganimda gol bo'lishini sezgandim. Bundan keyin ham ko'proq darvoza tomon zarbalar yo'llashga harakat qilaman, - deydi Aleksandar Alempievich.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia