Aleksandar Alempievich: "Tartibli o'ynasak, yarim finalga chiqamiz"

Narzulla Saydullayev
21 sen 2016
“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Aleksandar Alempievich o'z fikrlarini bildirdi.
- "Metallurg"ni kuchli jamoa desa ham bo'ladi. Ular bu mavsum juda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Toshkentda o'tgan birinchi bahsda g'alaba qozongandik. Bugun ham yutuq uchun o'ynaymiz. Tartibli va aniq o'yin ko'rsatsak, yarim finalga chiqamiz. O'ylaymanki, mehmonda o'ynasak-da, ijobiy natija qayd eta olamiz, - deydi Aleksandar Alempievich.

“Bunyodkor” matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia