Alaba "Real"dan yangi shartnoma xohlamoqda, klub esa yo'q

Administrator
22 okt 2025
Futbolchining yangi bitim imzolash ehtimolligi past.

"Real Madrid" himoyachisi David Alaba klubda qolishni xohlaydi, biroq buning ehtimoli past, deya X ijtimoiy tarmog'ida insayder va jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda. 33 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Alaba "Real" bilan yangi kelishuvga erishish uchun kurashmoqda. David jamoada yetakchi hisoblanadi va u jamoada hurmat qozongan. Takidlanishicha, hozirgi vaqtda klubning futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi juda kam ehtimolga ega. David erkin agent bo'lishi mumkin, ammo avstriyalik hozircha faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti.

Himoyachi "Real" safida 2021 yil yozidan beri to'p surmoqda. Shu davr mobaynida Alaba barcha musobaqalarda 116 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va to'qqizta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/plettigoal