"Al Nassr" yozda Alissonni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024
O'tgan yil yozda braziliyalik arablar taklifini rad etgandi.

Shunga qaramay, "Al Nassr" transferdan umidini uzmagan va yaqinda ochilishi kutilayotgan transfer oynasi vaqtida Alissonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Saudiya Arabistoni klubi vakillari Kloppning "Liverpul"dan ketishi, darvozabon transferiga yo'l ochishiga ishonishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Alisson Bekkerning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Daily Telegraph