

O'tgan mavsumda futbolchi chempionatning asosiy yulduzlaridan biri va "Al Nassr" yetakchisi sanalardi. Biroq chempionatga Yevropaning eng yaxshi futbolchilari kelishi bilan klub rahbariyati nazarida Taliskaning mavqei o'zgardi va endi "Al Nassr" uni jamoa saviyasiga to'g'ri kelmaydi, deb hisoblamoqda.
"Al Nassr" Taliska o'rniga hujumda ko'proq yulduz futbolchilardan foydalanmoqchi.
Taliska Saudiya Arabistonida bir mavsumda 3,5 million dollar oladi. Ikki yil ichida u klub uchun 61 ta o'yinda 43 ta gol urdi.
17 avgust kuni "Al Nassr" Jaloliddin Masharipovning jamoadan ketganini ma'lum qilgan edi.



