"Al Nassr" yetakchisi yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
27 yanv 2025
"Al Nassr"ning hujumkor futbolchilaridan biri Taliska faoliyatini Joze Mourinyo boshqarayotgan "Fenerbaxche" safida davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, klublar 30 yoshli futbolchi transferi bo'yicha barcha zarur hujjatlarni imzolab bo'lishgan. 

Anderson Taliskaning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Bugun futbolchi tibbiy tekshiruvdan o'tishi va transfer rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.  

Joriy mavsum Taliska 15 o'yinda 8 ta gol urdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо