Al Ittihodni boshqarish uchun ikkita top murabbiy nomzodi ko'rib chiqilmoqda

Khoja
30 may 2024
Al Ittihod amaldagi bosh murabbiyi Marselo Galyardo bilan yaqin orada xayrlashadi.

Saudiya jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yoki Massimiliano Allegri bo'lishi mumkin. Aynan shu mutaxassislar bilan klub rahbariyati muzokara olib borishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Joze Mourinyu yanvar oyida Romadan ketganidan so'ng jamoasiz yuribdi. Massimiliano Allegri esa mavsum yakunlanganidan so'ng Yuventusni tark etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com