"Al Ittihod" "Lacio" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
7 sen 2023
“Al Ittihod” tarkibini braziliyalik Luis Felipe bilan kuchaytirdi.

26 yoshli futbolchi bilan imzolangan shartnoma shartlari hozircha ma'lum qilinmagan.

Luis Felipe 2016 yil yozidan beri Yevropada o'ynab kelayotgandi. Bu vaqt ichida himoyachi “Lacio”, “Salernitana” va “Betis” klublarida to'p tepdi. Endilikda Felipe Saudiya Arabistonida yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. 

Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, “Al Ittihod” Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ittihadclub.sa