Akrom Komilov: "Murabbiyimiz bizga faqat hujumkor o'yin ko'rsatishimizni takidlaydi"

Ertaga Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safarda Namanganning "Navbahor" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu bahs oldidan "Bunyodkor" klubi futbolchisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Navbahor" jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv muxlislar bop bo'lishini oldindan aytish mumkin. Ikkala jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'lishi aniq va har ikki jamoa ham ochko olish uchun bahs olib boradi. "Navbahor" jamoasi hozir qanday o'yin ko'rsatayotganini barcha biladi. Biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, ertangi kungi raqiblarimizni muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. 

Lekin, biz bunga e'tibor qaratmaymiz. Xuddiki bu muxlislar bizni qo'llab-quvvatlayotgandek his qilamiz. Murabbiyimiz bizga faqat hujumkor o'yin ko'rsatishimizni takidlaydi. Qaysidir vaziyatda himoyalanamiz, qaysidir vaziyatda hujumga chiqamiz. O'yinga qarab moslashamiz. O'yinni biz boshqarishimizni xohlaymiz. Shuning uchun ham ertangi o'yinda g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - deydi Akrom Komilov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Manba: championat.asia