

Akmal Shorahmedov O'zbekiston terma jamoasining bugungi kundagi holati va raqibga ham to'xtaldi.
- O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak o'yinlarga yaxshi holatda kelishi legionerlarning o'z jamoasidagi o'yiniga bog'liq, deb o'ylayman. Chunki legionerlarimiz o'z klubida qancha ko'p o'ynasa, terma jamoa o'z-o'zidan kuchayadi. O'zbekistonning bir oy oldin kim bilan qanday o'ynagani ahamiyatsiz. Futbolchi har bir o'yinga qanday holatda kelishi muhim faktor. Chunki uni terma jamoaga kelganda 2-3 kun ichida o'zgartirib bo'lmaydi. Masalan "Lans"da himoyachimiz bor, Abbos Fayzullaev SSKAda o'ynamoqda. Ayrim o'yinlardan oldin legionerlarimiz 2-3 oy o'yin amaliyotisiz qolib ketsa, o'z ta’sirini o'tkazmay qolmaydi.
- Sun'iy maydonmi yoki boshqami farqi yo'q. Bizning futbolchilarimiz dam olish paytida ham bemalol sun'iy maydonda o'ynab yurishadi. Bu sabab emas. Biz hozir yaxshi holatdamiz. Maydonga chiqib yutish kerak, tamom. "Paxtakor" ham maydon sababli durang o'ynamadi. Ko'rgan bo'lsangiz, bir kishi kam bo'lib turib ham so'nggi 20 daqiqalikda qanday zo'r harakat qildi. Professional futbolchi istalgan joyda o'ynay olishi kerak.
- Turkmanistonga to'xtalsam, so'nggi musobaqalarda yoshlar, o'smirlar terma jamoalari yaxshi o'ynashni boshladi. U yerdagi murabbiylar ham ishlashni boshlagan. Turkmanistondagi maydonlar, mehmonxonalarga avval hech kim e'tibor bermagan. Bugun oson o'yin bo'lmaydi.



