Ahmedov: "Kononovning iste'fosi yagona to'g'ri qaror bo'ldi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov jamoa bosh murabbiyi Oleg Kononovning iste'fosi jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida so'zlab berdi.

"Kononovning ketishi? Bu haqiqatdan ham kutilmaganda sodir bo'ldi. Ammo bunaqasi barcha murabbiy bilan sodir bo'ladi. Undan jamoa yaxshi futbol o'ynashini kutishdi. Futbolda asosiysi - natija. Agar u yo'q bo'lsa, ketishga tayyor bo'l.

Murabbiyning iste'fosi jamoaga mavsumning muvaffaqiyatsiz startidan so'ng o'ziga kelib olish uchun qabul qilingan yagona to'g'ri qaror deb o'ylayman. Murabbiy o'zgarishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi. Natija ham kutishga majbur qilmaydi. "Krasnodar" so'nggi uch uchrashuvda uchta g'alabaga erishdi" - deydi Ahmedov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Известия