

Eslatib o'tamiz, Ahmedov o'sha vaqtda "Anji" futbolchisi edi.
"Sergey Galickiy tufayli SSKAga o'tmadim. U men uchun ko'p ishni amalga oshirdi. Galickiy meni o'z klubida ko'rmoqchi edi. Men rad eta olmadim"- deydi Ahmedov "Sport-ekspress"ga bergan intervyusida.
Odil Ahmedov bu mavsumda Rossiya chempionatining 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Sergey Galickiy "Krasnodar" klubining egasi hisoblanadi.
Odil Ahmedovning "Sport-ekspress"ga bergan to'liq intervyusini birozdan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin.



