Ahmedov "Anji" tarkibida Avstriyada mashg'ulot o'tkazyapti

Nadirkhuja Yuldashev
12 avg 2013, 11:52
Katta o'zgarishlar ostonasida turgan Mahachqalaning "Anji" klubi Rossiya chempionatida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Avstriyaga uchib ketdi.

Hozircha jamoani hech kim tark etmadi. Ko'plab futbolchilar FIFA kunida terma jamoalari tarkibida maydonga tushishlari munosabati bilan jamoa bilan birga emaslar. Gadji Gadjiev qo'l ostida shug'ullanayotgan futbolchilarning kayfiyatlari yuqori. Ular orasida Odil Ahmedov ham bor. Futbolchimiz aynan shu mutaxassis qo'l ostida "Anji"dagi esda qolarli o'yinlarini namoyish etgan edi. Ajab emas, Gadji Muslimovich qo'l ostida Ahmedov yana bir bor "Anji"ning tengsiz futbolchisi deb topiladi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: fc-anji.ru