

Yurak bilan bog'liq muammolar Agueroning Twitch'dagi jonli efirdagi ishtirokida ham yuz berdi. Bir muddat sobiq futbolchi qo'lini yuragiga qo'ydi.
- Ahvolingiz qanday? - deb so'radi jurnalist Aguerodan.
- O'ylashimcha... O'ylashimcha... Menda kichik aritmiya holati mavjud", deya javob berdi sobiq "Man Siti" futbolchisi.
- Balki shifokorga murojaat qilish kerakdir? – deya Agueroga savol berildi.
- Yo'q, yo'q. Menda ajoyib chip bor, agar biror kor-hol bo'lsa, u signal yuboradi, - dedi argentinalik forvard.



