Aguero Robbi Fauler bilan tenglashib oldi. Ulardan yuqorida esa Anri bor

Eldor Akmurzayev
29 apr 2019, 01:10
APLning 36-turida Manchester Siti klubi Byornlini taslim (1:0) qildi.

Bahsdagi yagona golni shaharliklar hujumchisi Serxio Aguero urdi. Mazkur aniq zarbadan so'ng, argentinalik forvard musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. U ushbu  pog'onani  Robbi Fauler bilan bo'lishib turibdi. Ikkala futbolchi hisobida ham 163tadan gol mavjud. Ulardan oldinroqda esa Terri Anri (175 gol) bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta