Aguero "Manchester Siti" - "Lester Siti" uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroning "Lester Siti"ga qarshi APLning 12-tur uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida.

Oldinroq, Aguero Argentina - Nigeriya bahsi tanaffusida (2:4) xushidan kyetib, kasalxonaga jo'natilgan edi. Keyinroq futbolchi mehmonxonaga qaytdi va bugun shifokorlar Manchesterga uchishga ruxsat berishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Serxio Aguero xushidan ketgani yo'q, ammo haqiqatdan ham kasalxonaga jo'natilgan. Lesterga ketishdan oldin, tibbiy shtab futbolchiga maydonga tushish yoki tushmaslikni aytadi.

"Lester Siti" - "Manchester Siti" o'yini 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun