AGMK darvozaboni bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
18 fev 2022
AGMK matbuot xizmati darvozabon Valijon Rahimov bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o'rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Klub 2020 yili jamoaga kelgan darvozabon Valijon Rahimov bilan o'rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Valijon Rahimov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi", - deb yoziladi klub bayonotida.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia