Eshitdik-da! "Andijon"ni tark etgan darvozabon Toshkent klubiga o'tmoqda

Alisher Ostonov
19 iyul 2025
Yozgi transferlar oynasida "Andijon"ni tark etgan darvozabon Valijon Rahimov Toshkent klubiga o'tish arafasida.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Rahimov "Bunyodkor"ga o'tadi.

Futbolchi oldinroq "Andijon" bilan ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra shartnomani bekor qilindi.

Valijon Rahimov mavsum boshida "Andijon" tarkibiga kelib qo'shilgandi qo'shilgandi. U o'tgan vaqt mobaynida Superligada oltita, O'zbekiston Kubogida ikkita va bir bor Superkubok o'yinida maydonga tushdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia