Valijon Rahimov: "Nima uchun o'zimni ko'rsata olmaganimni haligacha tushunib yetmadim"

Iskandarov Abdulaziz
17 iyul 2025, 09:52
Yozgi transferlar oynasida "Andijon" jamoasini darvozabon Valijon Rahimov tark etdi.

Futbolchi jamoadagi faoliyati haqida fikrlarini bildirdi.

"Jamoaning ashaddiy ishqibozlaridan minnatdorman. Ular qiyin paytda qo'llab-quvvatlashdi. Kerak paytda yonimizda turishdi. Men buni ich-ichimdan his qildim. Shuning uchun ularga katta rahmat aytaman.

Nega o'zimni ko'rsata olmaganimni o'zim ham haligacha tushunib yetmadim. Ammo shuni tushundimki, yanada ko'proq mehnat qilish va astoydil ter to'kish kerak.

Shu o'rinda, “Andijon” jamoasidagi barchaga, jumladan rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va klub xodimlariga rahmat aytaman va ularga ikkinchi davrada hamda Osiyo Chempionlar ligasida omad tilayman",- deydi Valijon Rahimov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати