Agent: "Rafael "Manchester Yunayted"da baxtli"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 20:08
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafaelning agenti Kassiano Pereyra braziliyalik futbolchi Braziyaliga qaytish niyati yo'qligini ma'lum qildi.
"Rafaelni "Manchester Yunayted"dan sotib olish bu qiyin vazifa. U jarohatiga qaramay asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi".

"Korintians"dan hech kim men bilan aloqaga chiqqani yo'q. Agar Rafaelga aniq taklif bildirilsa, bu ajoyib bo'ladi. Ammo transfer amalga oshish extimoli juda past, sababi u "Yunayted"da baxtli. Rafael Braziliyaga qaytish haqida o'ylagani ham yo'q".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru