Agent: "Otamendi "Manchester Siti"da baxtli, ammo kim ham "Real"da o'ynashni istamaydi"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017
"Real" "Manchester Siti" himoyachisi Nikolas Otamendiga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda argentinalik futbolchining agenti Martin Sendoa ma'lum qildi.

"Otamendi o'yin uslubi bo'yicha joriy mavsum oxirida "Real"ni tark etadigan Pepega o'xshaydi. Bu klub Nikoni "Valensiya"da o'ynagan paytlaridan kuzatadi. "Barselona" haqida ham shunday deyish mumkin. O'shanda muzokaralar uzilib qolgan. Niko "Manchester Siti"da baxtli, ammo kim ham "Real"da o'ynashni istamaydi?" - deydi Sendoa.

Otamendi joriy mavsum APLning 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Continental