"Bavariya" Jeksonni sotib olishdan voz kechdi, ammo APLning 4 ta klubi forvard uchun kurashishga tayyor

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
"Bavariya" "Chelsi"dan ijaraga olingan hujumchi Nikolas Jeksonni xarid qilish bandini faollashtirmoqchi emas.

Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.

Shu tariqa, mavsum yakunida 24 yoshli senegallik hujumchi London klubi ixtiyoriga qaytib boradi. Biroq u "ko'klar" tarkibida uzoq qolib ketmasligi ehtimoli katta.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Jeksonga Angliya Premer-ligasining bir necha klublari - "Manchester Yunayted", "Nyukasl Yunayted", "Tottenxem Xotspur" va "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. "Chelsi"da futbolchining Germaniyadagi o'yinlari davomida bozor qiymati pasayganini tushunishadi, ammo ehtimoliy transfer summasi hozircha ochiqlanmagan.

Jekson joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yilning yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, hujumchining narxi 45 mln evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk