

Uning aytishiga ko'ra, murabbiy ilk navbatda "Chelsi" futbolchisi N`Golo Kanteni o'z jamoasiga olib kelmoqchi bo'lgan.
"Mourinyo Vitsel va Villian bilan shartnoma imzolashga intilganini bilaman. Ammo uning asosiy transfer nishoni boshqa edi. Ishonchli manbalarimdan ma'lum, u "Manchester Yunayted"ga N`Golo Kanteni olib bormoqchi bo'lgan", - dedi agent.
MYU transferlar oynasining ilk kunlarida "Chelsi"ga Kante borasida taklif bilan chiqqan, ammo bunga rad javobi berilgan edi.



