Agbonlaxor Verner haqida: "Chelsi" top-hujumchi qidirishi kerak"

Alisher
17 may 2021
Faoliyatini yakunlagan "Aston Villa" sobiq forvardi Gabriel Agbonlaxor "Chelsi" hujumchisi Timo Verner haqida gapirdi.

"Vernerning o'yinlarini qanchalik ko'p ko'rganim sari, undan shuncha ko'nglim qolmoqda. U juda tez-tez xato qarorlar chiqarmoqda.

Oldin "Chelsi"da Drogba va ko'plab yaxshi hujumchilar harakat qilishgan, shu sabab londonliklarga gollar uradigan va muhim o'yinlarni hal qiladigan top-forvardlarni qidirishni maslahat beraman", - deydi Agbonlaxor.

Verner joriy mavsum APL doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror