Afsuski, sardorimiz ham mundialni o'tkazib yuboradi. O'zbekiston futzal terma jamoasining JCH-2024 uchun yakuniy ro'yxati ma'lum

Tolibjon Qosimov
10 sen 2024
Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo'yicha navbatdagi Jahon chempionatiga start beriladi.

4 kun oldin FIFA terma jamoalarning qaydnomasini e'lon qilgan edi. Bugun esa O'FA matbuot xizmati yakuniy ro'yxatni ma'lum qildi.

Bosh murabbiy Xose Venansio Lopez FIFA futzal Jahon chempionatida ishtirok etadigan futzalchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi. Dilshod Rahmatov jarohati tufayli yakuniy qaydnomadan o'rin olmadi, uning o'rniga tarkibga Anasxon Rahmatov jalb etildi.

O'zbekiston futzal terma jamoasining JCH-2024 uchun qaydnomasi

Darvozabonlar: 1.Sunnat Anvarov ("Bunyodkor"), 12.Abbos Elmurodov (BMB).

O'yinchilar: 2.Fazliddin Botirov (OKMK), 3.Mashrab Odilov (BMB), 4.Ixtiyor Ropiev ("Oil Star"), 5.Muzaffar Ahadjonov (BMB), 6.Ilhom Hamroev ("Oil Star"), 7.Anasxon Rahmatov ("Oil Star"), 8.Husniddin Nishonov ("Oil Star"), 9.Elbek To'lqinov (OKMK), 10.Akbar Usmonov (BMB), 11.Abror Ahmetzyanov (OKMK), 13.Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), 14.Samariddin Berkinov ("Dinamo").


Ma'lumot o'rnida, vakillarimiz JCHdagi ishtirokini 14 sentyabr Niderlandiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydilar. Mundial rasmiy ochilish o'yini hisoblangan ushbu bahs "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати