

"Lids" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi va 1966 yilgi JCH g'olibi Jek Charlton bugun 86 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Xotirasiga hurmat sifatida Angliya Premer-ligasining 35-turidan o'rin olgan "Norvich" - "Vest Xem" va "Uotford" - "Nyukasl" o'yinlari sukut bilan boshlandi.
Bugun shuningdek "Liverpul" - "Byornli", "Sheffild Yunayted" - "Chelsi" va "Brayton" - "Manchester Siti" o'yinlari ham bo'lib o'tadi.




