

Bu safar braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoning Zinedin Zidan bilan do'stligi qanday boshlangani haqida gapirib o'tgan.
"Men tizza bog'lamlarimdan jiddiy jarohat olib shifoxonada yotganimda Zidan meni ko'rish uchun Fransiyaga kelgan. O'sha paytda u "Yuventus" bilan birga Italiyada edi. Shunga qaramay u meni ogohlantirib o'tirmasdan ehtimoliy qiyinchilikni o'z bo'yniga olgan holda shifoxonaga kelgan. U shunchaki ahvolim qanday ekanligini bilish uchun Italiyadan Fransiyaga kelgan.
Bizning do'stligimiz mana shunday boshlangan".
Afsonalarning bir-biriga hurmati tahsinga loyiq.




