Afrikada yil futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum. Ro'yxatda "Al Ayn" futbolchisi ham bor

Narzulla Saydullayev
25 okt 2024
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Taqdirlash marosimi 16 dekabr kuni Marokashda bo'lib o'tadi.

G'olib yanvar-oktyabr oylaridagi o'yinlar bo'yicha aniqlanadi. Ro'yxatdan 10 futbolchi o'rin olgan:

Amin Guiri (Jazoir, Renn)
Edmond Tapsoba (Burkina-Faso, Bayer Leverkuzen)
Simon Adingra (Kot-d'Ivuar, Brayton)
Shansel Mbemba (DR Kongo, Marsel)
Sexru Girassi (Gvineya, Borussiya Dortmund)
Ashraf Xakimi (Marokash, Pari Sen-Jermen)
Sofiyan Rahimi (Marokash, Al-Ayn)
Ademola Lukman (Nigeriya, Atalanta)
Uilyam Ekong (Nigeriya, Al-Xolud)
Ronven Uilyams (JAR, Mamelodi Sandauns).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: cafonline.com