Afrika Kubogida hangoma: matbuot anjumani qiziq sabab bilan o'tkazilmay qoldi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022
Afrika Kubogining chorak finali doirasidagi Burkina-Faso - Tunis uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida qiziq voqelik bo'ldi.

Matbuot anjumani boshlanishiga oz vaqt qolganida bir inson kirib, zaldagi barcha mikrofon va kabellarni yig'ishtirib olib chiqib ketadi va jurnalistlarga hech nima demaydi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, turnir tashkilotchilari barcha apparaturalarni ijaraga olgan va pulini kelishilgan vaqtgacha to'lamagan. Shu sababli matbuot anjumani o'tkazilmay qoladi.

O'yinga keladigan bo'lsak, Burkina-Faso termasi g'alabaga erishdi va Afrika Kubogining yarim finaliga yo'llanma oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Football_Talk